Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi


Bugun, 3-sentabr kuni 2025–2026 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tantanali tadbir hamda 1-bosqich talabalari uchun “Talabalik qasamyodi”ni qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan turli soha vakillari, davlat va jamoat arboblari, taniqli olim va ijodkorlar, talabalar va ularning ota-onalari hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Z.Ibragimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, tabrik soʻzlarida Chexiya Respublikasidan tashrif buyurgan Janubiy Bohemia universiteti professori Kemal Pixa, professor X.Babajonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli shoir B.Bekmetovlar so‘zga chiqib, talaba-yoshlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi va Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy tabriklashdi. Talabalarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlab, oʻqishlarida yangi yutuqlar tiladilar.

Tadbir doirasida 2025–2026 o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqich talabalari tomonidan “Talabalik qasamyodi” qabul qilindi. 

Ushbu marosim yangi hayot bosqichiga qadam qo‘ygan yoshlar qalbida mas’uliyat, fidoyilik va ilmga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Ulashish