Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1052 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi


4-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston tarixchilar jamiyati Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan buyuk alloma, mutafakkir, olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1052 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy va uning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni UrDU Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Y.Jumaniyozova ochib berdi. Shundan so‘ng, universitet faxriy professori, t.f.n. Q.Sobirov, “Ichan qalʼa” muzey qoʻriqxonasi ilmiy kotibi, t.f.n. K.Xudoyberganov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir  Q.Muhammadrizo, Urganch innovatsion universiteti professori O.N.Naumenko, O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi professori, t.f.d.Mirsodiq Is’hoqov singari bir guruh olimlar so‘zga chiqib, Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyati, uning jahon ilm-faniga qo‘shgan beqiyos hissasi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Anjumanga O‘zbekiston tarixchilar jamiyati Xorazm viloyat bo‘limi raisi, prof. Y.Rahmonova moderatorlik qildi.

Tadbir davomida olimlar, yosh tadqiqotchilar va talabalar ishtirokida Beruniy merosini o‘rganish, uni targ‘ib etish hamda zamonaviy fan bilan integratsiyasini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda anjuman o'z faoliyatini sho'balar yig'ilishida davom ettirmoqda. 

Ulashish