Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Riga shahrida O‘zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi


4-sentabr kuni Latviyaning Riga shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida “O‘zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi” o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli anjumanda ikki mamlakat Oliy ta’lim vazirliklari mas’ullari, shuningdek, 50 ga yaqin yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyevlar ham ishtirok etdi.

Forum ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Forum davomida universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov “Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integralini mustahkamlashda zamonaviy yondashuvlar va imkoniyatlar” mavzusida ma′ruza qildi.

Shuningdek, forum doirasida Latviyaning Daugavpils universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. ISMA Amaliy fanlar universiteti hamda Boltiqbo'yi xalqaro akademiyasi bilan hamkorlikda ilmiy konferensiyalar tashkil etish, akademik mobillik dasturlarini joriy etish va talabalar uchun yozgi maktablarni tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Ulashish