Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU rahbariyati va talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi


8-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov birinchi prorektor D.Ibadullayev, tegishli mas’ullar va universitet talabalari bilan birgalikda universitet tuzilmasidagi  Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida muzey direktori, professor Y.Raxmonova talabalarga muzey faoliyati hamda qatag‘on yillarida zulmga uchragan ajdodlarimiz tarixi haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida eksponatlar, arxiv materiallari va tarixiy hujjatlar orqali o‘sha davr voqealarining ijtimoiy-siyosiy saboqlari yoritib berildi.

Mazkur tashrif talabalarda tarixiy xotira, vatanparvarlik va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga, shuningdek, mustaqil fikrlash va tarixiy manbalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. 

Ulashish