Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Universitet rahbariyati 1-kurs magistrantlar bilan uchrashdi


10-sentabr kuni Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazovning Birinchi prorektor D.Ibadullayev, Magistratura boʻlimi boshligʻi  Y.Taxirov hamrohligida 2025-2026-o‘quv yilida magistraturaga qabul qilingan 1-kurs magistrlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida magistratura bosqichida ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish, kredit-modul tizimi, grant taqsimoti, ilmiy izlanishlarni sifatli olib borish, professor-o‘qituvchilar bilan yaqin ilmiy hamkorlikda ishlash kabi masalalar muhokama qilindi.

S.Xodjaniyozov magistrantlarga ilmiy faoliyatda yangicha yondashuv, izlanuvchanlik va tashabbuskorlik muhim omil ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish, xorijiy hamkor universitetlar bilan aloqalarni mustahkamlash borasidagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlash joizki, bunday uchrashuvlar magistrantlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda ularni universitet hayotida faol ishtirok etishga undashga xizmat qiladi.

Ulashish