Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rahbariyat Kimyoviy texnologiyalar fakultetining 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi


Urganch davlat universitetida rahbariyatning fakultetlar kesimida 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot uchrashuvlari davom etmoqda. Bugungi uchrashuv Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. 

Unda Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, Birinchi prorektor D.Ibadullayev, fakultet dekani Sh.Kuramboyevlar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot olib borildi.
Muloqot davomida talabalarga universitetning mavjud sharoitlari, o‘quv jarayonlarining kredit-modul tizimida tashkil etilishi, ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarning ilmiy faoliyatga qiziqishini kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda faol ishtirok etishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun fakultetda tashkil etilgan turli to‘garaklarga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida rahbariyat talabalarni izlanuvchan, tashabbuskor va bilimli bo‘lishga undab, ularning fikr va takliflarini tingladi.

Ulashish