Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xalqaro hamkorlikda amalga oshirilgan tarixiy loyiha: Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi va TIKA hamkorligi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini jihozlash” loyihasining muvaffaqiyatli yakunlanishi munosabati bilan mazkur loyihaning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda TIKA Prezidenti o‘rinbosari Dr.Ümit Naci Yorulmaz boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Anjumanni UrDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Ibodullayevning kirish so‘zi bilan berdi. Tadbirga moderatorlikni muzey direktori, professor Y.Rahmonova amalga oshirdi. 

Tantanali marosimda TIKA Prezidenti o‘rinbosari Dr. Ümit Naci Yorulmaz so‘zga chiqib, muzeyning tarixiy ahamiyati va loyiha mohiyati yuzasidan nutq so‘zladi. U o‘z nutqida: “TIKA ko‘magida muzey yanada zamonaviy xotira maskaniga aylantirilib, ko‘rgazma monitorlari, mebellar, kompyuterlar va boshqa texnik jihozlar bilan boyitildi. TIKAning hissasi nafaqat bir muzey ochilishini, balki Turkiya Respublikasining do‘stona birodarlik tuyg‘usini va umumiy o‘tmishimiz oldidagi mas’uliyatni ham ifodalaydi”, – deya ta’kidladi.  

Mazkur taqdimot TIKA tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan bir qator loyihalarning ochilishi va taqdimoti doirasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” shiori ostida o‘tkazilgan III Xalqaro forum munosabati bilan tashkil etildi.

Anjumandan so‘ng, mehmonlar uchun muzey bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda muzeydagi eksponatlar, arxiv hujjatlar, taqdim etilgan ma’lumotlar mazmuni va ularning tarixiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlar tarixiy materiallar bilan yaqindan tanishib, ushbu maskanni tarixiy xotira, saboq va ibrat markazi sifatida yuqori baholashdi. 

Tadbir yakunida TIKA delegatsiyasiga UrDU rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etildi va kelgusidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Kelgusidagi ma’naviy va tarixiy sohadagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ulashish