Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Ilm-yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi


Bugun, 22-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Ilm-yulduzlari” Respublika intellektual ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.  Unda universitetning iqtidorli, ilmga chanqoq, tayanch doktorant, mustaqil va erkin  tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib borayotgan 8 nafar yosh olimalari ishtirok etdi. 

Tanlovdan maqsad: O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan teng huquq va teng imkoniyatlardan iqtidorli xotin-qizlarning ilm-fanda qay darajada foydalanishini aniqlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ilmiy izlanishlarining uzviyligini ta’minlash uchun sharoit yaratishdan iborat.

Mazkur tanlovda har bir ishtirokchining taqdimotlari O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasining Xorazm viloyat bo‘limi raisi i.f.n, dotsent M.Iskandarova boshchiligida universitet professor-o‘qituvchilaridan iborat hayʼat aʼzolari tomonidan baholab borildi. 

Ko‘rik-tanlov natijalari:

•  “Eng innovatsion g‘oya sohibasi” nominatsiyasi g‘oliblari  – Shahnoza Alimova hamda Charos Yo‘ldosheva;  
•  “Eng yaxshi dasturiy ishlanma, texnologik ilova, raqamli media mahsulot sohibasi” nominatsiyasi g‘oliblari   – Moxiraxon Bekchanova hamda Maftuna Sa’dullayeva; 
•  “Eng zukko va chopqir ishtirokchi” nominatsiyasi g‘oliblari   – Moxira Jumaniyozova hamda Gulyor Atajonova; 
•  “Eng mohir ilm-fan ommalashtiruvchi sohibasi” nominatsiyasi g‘olibi  – Klara Allaberganova; 
•  “Eng mohir milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi g‘olibi  – Mashhura Sultanova. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

©️UrDU Matbuot xizmati

Ulashish