Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rahbariyat talabalar turar joyida yoshlar bilan muloqot qildi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov hamda birinchi prorektor D.Ibadullayev 8-son TTJda barcha talabalar turar joylarining  qavat sardorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda TTJda yaratilgan shart-sharoitlardan oqilona va to‘g‘ri foydalanish, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida yoshlarning muammolari haqida so‘raldi.

Rahbariyat talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Zero, bugungi kunda TTJlarda zamonaviy yashash, o‘qish va dam olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yoshlarning ushbu imkoniyatlardan to‘liq va maqsadli foydalanishlari zarurligi qayd etdi. 

Yig‘ilishda tartib-intizom, tozalik va xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Qavat sardorlari talabalar orasida ijobiy muhitni shakllantirishda muhim ko‘prik bo‘lishi, ular faqat nazoratchi emas, balki do‘st, yetakchi va mas’uliyatli shaxs sifatida namuna ko‘rsatishi zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida qavat sardorlarining fikr-mulohazalari tinglandi. 
Shubhasiz, bugungi muloqot universitet rahbariyati bilan talabalar o‘rtasidagi ishonchli aloqani yanada mustahkamladi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

©️UrDU Matbuot xizmati

Ulashish