Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” tashkil etildi


4-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti bitiruvchi talabalari uchun “Biznes marafon” doirasida motivatsion seminar-trening tashkil etildi. 

Tadbirda “Yuksalish” umummilliy harakati Xorazm vilyati bo'limi rahbari, viloyat hokimi maslahatchisi, viloyat kengashi deputati F.Sa‘dullayeva hamda DATA o‘quv markazining bir guruh mutaxassislari, xususan, F.Raximov,  B.Qalandarov, F.Mattiyeva, Sh.Xudayberganov, Sh.Karimberganovalar ishtirok etdi.

Tadbirda yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatida ularning tashabbuskorligi va biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tibor hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishda yaratilgan qulayliklar haqida so‘z yuritildi. 

Mehmonlar talabalarga o‘z tajribalaridan bahramand bo‘lish imkoniyatini taqdim etdilar. Ularning chiqishlarida yoshlarning o‘z yo‘lini topishi, kasbiy muvaffaqiyat sari intilishi, izlanishdan to‘xtamasligi va doimiy o‘z ustida ishlashi kerakligi alohida ta’kidlandi. 

Ulashish