Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalar va tadbirkorlar uchrashuvi o‘tkazildi


4-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida  “Biznes marafon” tadbirlari doirasida Xorijiy filologiya fakulteti bitiruvchi talabalari hamda professor-o‘qituvchilarining viloyatdagi yetakchi tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Urganch Diamond” mikromoliya tashkiloti rahbari R.Kamolov hamda “Saiddinor Macroprofit” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari G.Atadjanova ishtirok etdi. Tadbirkorlar bilan uchrashuvni fakultet dekani Z.Jumaniyozov ochib berdi.

Tadbirkorlar o‘z hayotiy tajribalari, erishgan yutuqlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatida duch kelgan qiyinchiliklari va ularni yengib o‘tish yo‘llari haqida talabalar bilan samimiy suhbatlashdilar.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ulashish