Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Turkiyaning Aksaray universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida Memorandum imzolandi


Bugun ilmiy hamkorlik va ta’limiy aloqalar doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamda Turkiya Respublikasining Aksaray universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi. 

Mazkur rasmiy hujjat Aksaray universiteti rektori, professor, Dr. Alpay Aribas hamda Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘ayat O‘razboyevlar tomonidan imzolandi.  

Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasining uzoq muddatli strategik hamkorlikka yo‘naltirilgan ezgu maqsadidir. Memorandum doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, ta’lim dasturlarini rivojlantirish, xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Shubhasiz, bu hamkorlik nafaqat ikki universitet ilmiy jamoasiga, balki butun mintaqaviy ta’lim va ilm-fan taraqqiyotiga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. 
Mazkur memorandum ta’limdagi innovatsiyalar, ilmiy salohiyatni oshirish va yosh avlodni global bilimlar maydoniga tayyorlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Ulashish