Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Shahrisabz davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi


Bugun, 7-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori M.Saidov hamkorlik oʻrnatish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov va birinchi prorektor D.Ibadullayevlar mehmonlar bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazishdi.

Uchrashuvda ikki oliygohning ilmiy, taʼlimiy va tashkiliy salohiyati atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar taʼlim jarayonini takomillashtirish, oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, qoʻshma tadqiqotlar va amaliy loyihalar orqali mintaqaviy taʼlim sohasini rivojlantirish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar. Shuningdek, ikki muassasa oʻrtasida tajriba almashish, oʻquv-metodik jihatdan hamkorlik qilish hamda ilmiy natijalarni keng jamoatchilik va mutaxassislar eʼtiboriga havola etish masalalari muhokama qilindi.

Shundan soʻng, tomonlar oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ulashish