Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ilmiy-nazariy seminar


Urganch Davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti " Ingliz tili va adabiyoti " kafedrasida 2025-yil 3-oktabr kuni 447-xonada navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi. Ilmiy-nazariy seminarda "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari qatnashdilar. Seminarda "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi Radjapova Nafisaning "Rasmiy muloqotda subyektning diktumga munosabatini ifodalovchi leksik-grammatik, semantik-pragmatik vositalar"  mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi. 
Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar. "Ingliz tili va adabiyoti" kafedra mudiri Abidova Rohatoy Xudoyberganovna so'zga chiqib yosh tadqiqotchilarga ilmiy tavsiyalar berib o'tdilar. Seminar savol- javoblarga boy bo'ldi. Kafedra ilmiy-uslubiy seminarlarining tashkil etilishi va dolzarb ilmiy mavzularning muhokama qilinishi yosh mutaxassislar uchun yanada foydali bo'lishi ta'kidlab o'tildi.

Ulashish