Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida olib boriliayotgan jarayonlar


              Joriy yilning 2-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti "Rus tili va adabiyoti" kafedrasining bir qator professor-o`qituvchilari “Dolzarb 90 kun” loyihasi bo`yicha berkitilgan maktablarga tashrif buyurdilar.

Jumladan, "Rus tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri S.Ruzmetov va kafedra tadqiqotchisi M.Rimbayeva Gurlan tumanidagi  “Chakkalar” mahallasida joylashgan 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.Tashrif davomida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida

yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar, maktabda yo‘lga qo‘yilgan fan va sport to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishildi. S.Ruzmetov o‘quvchi yoshlarga kelajak kasblari, xususan yaqin kelajakda qaysi kasblarga extiyoj ortishi, ularni egallash

uchun qanday bilim va malaka talab qilinishi to‘g‘risida so‘zlab berdi.M.Rimbayeva ushbu maktabda "Rus tili" fani bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotini samarali tashkil qilish va o‘tkazishda maktab o‘qituvchisi Z.Zaribbayevaga ko‘maklashdi.Shuningdek, "Rus tili va adabiyoti"

kafedrasi o'qituvchisi N.A.Djumaniyazova Hazorasp tumani Gulzor mahallasidagi 28-son va 52-son umumiy o'rta ta'lim maktablariga tashrif buyurdib, maktablar ma'muriyati bilan mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida gaplashib olindi.

             "Rus tili va adabiyoti" kafedrasi katta o' qituvchilari O'.Qalandarov va R.Egamovlar Bog'ot tumanidagi 16- va 39-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab hamda 3-son ayrim fanlar chuqurlashtirilib o'qitiladigan maktab-internatga tashrif buyurishdi.Tashrif davomida

Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yosh huquqshunos”, “Qiziqarli matematika”, “Yoshlami kasbga yo’naltirish”, “Motivatsion treninglar”, “Husnixat va matematika” tadbirlarida ishtirok qilishdi. "Rus tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi Sh.Katayeva Gurlan tumani

Dehqon mahallasidagi 20-son umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurib, rus tilidan “Категория рода в русском языке” mavzusida to‘garak mashg‘ulotini o‘tkazdi. Maktab ma'muriyati bilan mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida

gaplashib olindi.

Ulashish