Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Faxriy ustozlarga ehtirom


           “1-oktabrUstoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va sanʼat fakulteti talabalari tyutorlar hamrohligida fakultetimizda uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan faxriy ustozlarimiz xonadonida  bo‘lib, ustozlarni ushbu muborak kun bilan samimiy tabrikladilar.Uchrashuv davomida talabalar ustozlarimizning pedagogik faoliyati, ilmiy izlanishlari hamda hayotiy tajribalari haqida suhbatda bo'ldilar. Ularning yuksak mahorati, bilimga bo‘lgan muhabbati  talabalar qalbida chuqur hurmat va e’tibor uyg‘otdi. Tantanali bayram tadbirida “1-oktabr –O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, talaba-yoshlarning zamon talablari asosida kasb-hunar egallashi yo‘lida, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi fidoyiligi, ilm yoʻlidagi shijoati uchun universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilariga faxriy yorliq hamda universitet Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi. 

 

Ulashish