Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“O‘qituvchi va murabbiylar kuni”


           Bugun “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Erta tongdan bayram shukuhi. Ana shunday xushkayfiyat ila “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bugun Urganch davlat universitetining bir qator professor-o`qituvchiliari Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Ustoz va murabbiylarning ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidokorona mehnatlari yuksak e’tirof etildi. Jumladan, Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi O‘.S.Qalalndarov ta`lim sohasidagi fidoiy mehnatlari munosib baholanib faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Universitet rahbariyati ustozlarga samimiy tilaklar bildirildi. San’at kafedrasi jamoasining badiiy chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyat ulashdi.

          Tadbirda universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov va qator professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, ustozlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi fidokorona xizmatlarini yuksak qadrlab, ularni bayram bilan tabriklashdi. Bayram tantanasi davomida San’at kafedrasi professor-o‘qituvchilarining kuy-qo‘shiqlari va “Jayhun” orkestr jamoasining badiiy chiqishlari barchaga quvonch va bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

 

 

Ulashish