Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"OLIY TA’LIM A’LOCHISI"


          Joriy yilning 29-sentabr kuni  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasining bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayramning e’tiborli jihatlaridan biri,  “1-oktabr –O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bir guruh universitet professor-o‘qituvchilarning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani e’tirof etilib, tantanali topshirildi. Tadbirda Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov ishtirok etib, ustozlarga samimiy tilaklarini bildirdi va ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi mashaqqatli mehnati va yuksak xizmatlarini alohida e’tirof etdi. Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida ma'naviy-ma'rifiy ishlar va  ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishgan fidoyi ustozlarga Oliy ta'lim, xalq va innovatsoyalar vazirining  “Oliy ta’lim a’lochisi“ ko‘krak nishoni topshirildi.

         Xususan, "Rus tili va adabiyot" kafedrasi dotsenti Z.Ro'zmetova va "San'at" kafedrasi professori S.Xudayberganov oliy ta’lim sohasida yosh avlod kamoli va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shganligi, o‘tgan o‘quv yili davomida namunali faoliyat ko‘rsatgan, yuqori natijalarga erishganligi uchun "Oliy ta’lim a’lochisi“ ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

 

Ulashish