Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“TalabaExpo–2025” doirasidagi amaliy uchrashuvlar davom etmoqda


Bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga tayyorlash va ish beruvchilar bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan “TalabaExpo–2025” tadbirlari bugun ham izchil davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti bitiruvchi talabalari “O‘zmilliybank” AJ masʼullari hamrohligida “TILLO DOMOR” xususiy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.  Tashrif davomida korxona ish boshqaruvchisi Feruzbek Kuranbayev korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot turlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yosh mutaxassislarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so'ng, universitet bitiruvchi talabalarining navbatdagi tashrifi “URGENCH CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirdilar. Tashrif davomida korxona rahbariyati talabalarga ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan sexlar faoliyati hamda korxonada amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ulashish