Bugun, 4-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakultetida 1-bosqich talabalar ishtirokida "Giyohvandlikka qarshi kurashish, turli huquqbuzarliklar, jinoyatchilik va korrupsion holatlarni oldini olish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i v.v.b S.Sa'dullayev hamda universitet profilaktika inspektori M.Babajanovlar ishtirok etib, talabalar bilan suhbat olib borishdi.
Uchrashuv davomida huquqiy madaniyat va huquqiy ongni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko'nikmasini oshirish, shuningdek, yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi huquqbuzarliklarni oldini olish borasida zarur tavsiyalar berildi.


