Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida — ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida zamonaviy dual ta’lim tizimi asosida dars jarayonlari tashkil etilmoqda. Endilikda talabalarga nafaqat nazariy bilim, balki real ishlab chiqarish muhiti orqali amaliy tajriba ham berilmoqda.

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi filiali O‘zbekiston to‘qimachilik va yengil sanoatining yetakchi korxonalaridan biri — “Urganch Bahmal” MChJ bazasida faoliyatini boshladi.

Bu yangi bosqichda talabalarga universitetda nazariy darslar, korxonada esa amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, o‘qish va mehnat jarayoni uzviy bog‘langan shaklda olib borilmoqda.

Dual ta’lim dasturi doirasida:
— ikki va uch tomonlama shartnomalar imzolandi;
— zamonaviy o‘quv rejalari ishlab chiqildi;
— ishlab chiqarish muhitida o‘qitish tizimi amaliyotga joriy qilindi.

Bu tashabbus natijasida yoshlar o‘z mutaxassisligining haqiqiy muhitida tajriba orttirib, mehnat bozoriga tayyor kadrlar sifatida yetishib chiqadilar.

Dual ta’lim — kelajak kasbiy muvaffaqiyatining kaliti!

Ulashish