Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Quvnoqlar va zukkolar” – iste’dodlar sahnada!


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari o‘rtasida talabalar sevimli tanloviga aylangan “Quvnoqlar va zukkolar”  tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni fakultet dekani Z.Jumaniyozov ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi – eng iqtidorli, hazilkash va zukko talabalarni aniqlash, ularning sahna mahoratini, ijodkorlik salohiyatini namoyish etishdan iborat bo‘ldi.

Bellashuvda jami 5 ta jamoa ishtirok etib, sahna chiqishlari, biatlonlar hamda improvizatsion hazillar orqali tomoshabinlarga quvonch va kulgu ulashdilar. Talabalar hayoti va o‘quv jarayonidagi qiziqarli holatlarga bag‘ishlangan sahnaviy chiqishlar zalda katta qiziqish va olqishlarga sabab bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “Xorijlik qizlar” jamoasi
2-o‘rin — “Old Stars” va “Senyorita” jamoalari
3-o‘rin — “Shedriy kontraktlar” jamoasi

QVZ tanlovi nafaqat kulgu va ijobiy kayfiyat manbai, balki talabalar ijodkorligini, jamoaviy ruhini ham mustahkamlovchi muhim madaniy tadbir bo‘ldi.

Ulashish