Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Milliylik va zamonaviylik uyg‘unligida san’at jilosi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakultetida bugun san’atsevar talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun madaniy koʻrgazma tashkil etildi. 

Joriy yil 1-oktabrdan buyon Turkiya Respublikasining Çanakkale Onsekiz Mart universiteti professori Minara Guliyeva San’at yo‘nalishi talabalari bilan ijodiy dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Bugun professor Minara Guliyeva milliy an’analar va zamonaviy dizayn yechimlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan o‘zining shaxsiy kiyim-kechaklar ko‘rgazmasini namoyish etdi.

Ko‘rgazmada zamonaviy modaning nafis uslublari bilan uyg‘unlashgan milliy liboslar, o‘ziga xos bezaklar va rang uyg‘unligi orqali san’atning boy ma’naviy merosi ko‘rsatib berildi. Filologiya va san’at fakulteti talabalari hamda oʻqituvchilari professor Guliyevaning mahoratini yuksak baholab, uning ijodida milliy qadriyatlar va zamonaviy tafakkurning uyg‘unligini his etdilar.

Ushbu ko‘rgazma nafaqat san’atning estetik go‘zalligini, balki yosh avlodni milliylik ruhida tarbiyalashdagi muhim qadriyatlarni ham yoritib berdi.

Ulashish