Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika musobaqasi o‘tkazildi


Bugun, 27-oktabr kuni Urganch davlat universiteti sport maydonida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha universitet bosqichi musoboqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa 4x100 metr estafeta yo‘nalishida tashkil etilib, har bir jamoa tarkibi 4 nafar ishtirokchi — 2 nafar o‘g‘il bola va 2 nafar qizdan iborat bo‘ldi. Bellashuvlar jarayonida talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy harakat va g‘alabaga intilish fazilatlarini namoyon etdilar.

Mazkur musobaqada universitetning barcha fakultet jamoalari faol ishtirok etib, qizg‘in raqobat olib borishdi. Tadbir sport orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik ruhini kuchaytirish hamda “Besh tashabbus” g‘oyalarini yanada keng ommalashtirishga xizmat qildi.

G‘olib va sovrindor jamoalarga musobaqaning keyingi bosqichlarida ham muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!


 

Ulashish