Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishi maktabi o'z faoliyatini boshladi!


Bugun, 27-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti hamda Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishi maktabi o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur dasturda ishtirok etish uchun Gansu qishloq xo‘jaligi universitetidan 17 nafar talaba hamda 2 nafar o‘qituvchi UrDUga tashrif buyurishgan. 

Dastur doirasida xorijlik mehmonlar Xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishmoqda, tajriba almashishmoqda va madaniy muloqotlar olib borishmoqda.

Ulashish