Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti Kengashining 3-majlisi bo‘lib o‘tdi


28-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 3-majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida, Kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi. Dastlab universitetning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga PhD ilmiy darajasi diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Ilmiy kengashida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi: 

O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bo‘yicha tarixiy bitim imzolanishi to‘g‘risida (axborot);
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida talabalar bandligini ta’minlash  bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida (axborot);
Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida (axborot);

Shuningdek, Kengash tomonidan har xil masalalar atroflicha muhokama etildi.

Ulashish