Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti va Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasidagi almashinuv dasturi yakunlandi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamda Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasida o‘tkazilgan bir haftalik madaniy va ta’limiy almashinuv dasturi bugun o‘z nihoyasiga yetdi.

Mazkur loyiha doirasida har ikki universitet talabalari o‘zaro tajriba almashib, dars mashg‘ulotlarida qatnashdilar, til o‘rganish va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini yanada boyitdilar.

Dastur yakunida o‘tkazilgan uchrashuvda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev hamda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov so‘zga chiqib, loyiha ishtirokchilariga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Bu kabi tashabbuslar ikki oliygoh o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim va madaniyat sohasida yangi istiqbollar ochishiga ishonch bildirdilar.

Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga almashinuv dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun sertifikatlar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur dasturda qatnashish uchun Gansu qishloq xo‘jaligi universitetidan 17 nafar talaba hamda 2 nafar o‘qituvchi Urganch davlat universitetida mehmon bo‘ldi.

Ulashish