Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Kimyoviy texnologiyalar fakulteti bitiruvchilarining bandligi ta’minlanmoqda


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli Qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida bitiruvchi kadrlarning asosiy iste’molchilari bo‘lgan yirik ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Unda "GURLAN GLOBAL TEKS" MChJ, "TILLO DOMOR" MCHJ, "KHIVA SILK FABRIC" MChJ, “UzAutoMotors” AJ "URGENCH CLUSTER GROUP" MCHJ, "EUROTEKS" MCHJ singari viloyatimizning 37 ta yirik korxona va tashkilotlaridan masʼul vakillar ishtirok etib, Kimyoviy texnologiyalar fakultetini o‘tgan o‘quv yilida tamomlab, hozirda ishsiz bo‘lgan yoshlar, shuningdek,  ayni paytdagi bitiruvchi talabalariga o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildilar. Ushbu bo‘sh ish o‘rinlarini lavozim yo‘riqnomalari bilan tanishtirdilar. Ishlashni xohlovchi bitiruvchilarga darsdan bo‘sh vaqtlarida rasmiy ravishda ishlash uchun taklif qildilar. Shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida o‘qishini tamomlagan 30 nafardan ziyod yoshlar bilan shu yerning o‘zida shartnoma tuzib, ishga qabul qildilar. 

Bu uchrashuv bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga samarali tayyorlash va ishlab chiqarish jarayoniga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ulashish