Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O‘zbekiston – Xitoy ta’lim forumi: istiqbolli hamkorlik


2-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Xitoy ikkinchi ta’lim forumida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov ishtirok etdi.
Forum doirasida S.Xodjaniyazov “Xitoy va O‘zbekistonning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasida ta’lim sohasidagi hamkorlik, shuningdek, Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida ta’lim integratsiyasini rivojlantirish”mavzusidagi taqdimoti bilan chiqish qildi. 

Shuningdek, forum doirasida Urganch davlat universiteti va Xitoyning Top 1000 talikka kirgan Changan universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki oliygoh o‘rtasida ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ulashish