Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Bugun — adabiyot va ma’naviyat nuri barq urgan kun!


Bugun, 21-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yurtimizning taniqli shoiri, yozuvchisi va dramaturgi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Qurbon Muhammadrizoning yangi “Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy” romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi hamda Urganch davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir ijod va ilm uyg‘unlashgan, samimiy va ruhiy yuksalishga boy tarzda o‘tdi. Unda Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zolari, taniqli ijodkorlar, Qurbon Muhammadrizoning yaqin do‘stlari, universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari, shoira Gavhar Ibodullayeva olib bordi. Tadbir davomida “Fizika” kafedrasi dotsenti O. Avezmurotov, iqtisod fanlari doktori, professor T. Doʻschanov, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, jurnalist A. Sobirov, rassom S. Qodirov, “Doʻstlik” ordeni sohibi yozuvchi S. Avaz, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari D.Bekchanova hamda UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Atajonova o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Asarda buyuk allomaning ilmiy merosi, hayoti va jahon ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasi badiiy yondashuv asosida keng yoritilganligi ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Roman taqdimoti nafaqat adabiy jarayon uchun, balki yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy merosini keng targ‘ib qilish, ilm-fanga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ulashish