Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida oliygohimizga tashrif buyurgan ijodkorlar maktablarda uchrashuvlar o'tkazmoqda


Bugun, 24-noyabr kuni Urganch davlat universiteti tashabbusi bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi bir qator ijodiy uchrashuvlar davom etmoqda. Loyiha mehmonlari sifatida hududga tashrif buyurgan taniqli adiblar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan muloqot olib bormoqdalar.

Xususan, ushbu tashabbus doirasida Urganch shahridagi 6-son maktabda filologiya fanlari doktori, professor, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Hulkar Hamroyeva  hamda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shahodat Isaxonova ishtirokida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Shuningdek, Urganch tumani 38-son maktabida filologiya fanlari doktori, professor, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Hulkar Hamroyeva ishtirokida hamda Urganch tumani Bo‘ston mahallasidagi 1-son maktabida Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shahodat Isaxonova ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida mehmonlar yoshlarning ma’naviy kamolotida kitob o‘qishning o‘rni, mustaqil fikr yurita oladigan, shijoatli va ilmga chanqoq bo‘lib voyaga yetishish zarurati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar ham o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etib, mehmon bilan samimiy suhbat-muloqot olib bordilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, kitobga bo‘lgan mehrini oshirish hamda ularni komil insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulashish