Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



MA’RIFAT ULASHIB: ADABIYOT VA IJODGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV


Bugun, 24-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida universitetda mehmon bo'lib turgan taniqli ijodkorlar, xususan,  filologiya fanlari doktori, professor, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Hulkar Hamroyeva hamda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shahodat Isaxonovalarning talaba-yoshlar bilan ijodiy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mustaqil fikrlash, ilmga chanqoqlik va intellektual yetuklikning ahamiyati haqida o‘zining teran fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, o‘zlarining ijod yo‘li, yaratgan asarlari va adabiyotdagi izlanishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar ulashdilar.

Tadbirda ijodga qiziqishi baland bo‘lgan talaba-yoshlar tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etilgan she’riy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

Ulashish