Close
Skip to main content


Xotira aziz-qadr muqaddas" mavzusidagi ilmiy-nazariy konferensiya


Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyida Ma'mun universiteti ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar fakulteti bilan hamkorlikda ilmiy-nazariy konferensiya bo'lib o'tdi . Konferensiyani "Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi" rahbari , tarix fanlari nomzodi, professor Yulduzxon Rahmanova " Jadid ayol Maryam Sultonmurodova hayoti va faoliyati" mavzusidagi maruza bilan ochib berdi. Ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar fakulteti yoshlar masalalari, ma'naviy- marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari, PhD Omonboy Matqurbonov "Xotira muqaddas, qadriyat abadiy” mavzusida nutq so'zladi. Shuningdek , talabalar konferensiyada faol ishtirok etib , turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandilar.

Ulashish