5-oktabr kuni “Bir makon – bir yo‘l: Barqaror yashil iqtisodiyot, mintaqaviy rivojlanish, ta’lim va madaniy meros” xalqaro konferensiyasi uchun Nejmettin Erbakan universiteti professori Dr. Birol Mercan boshchiligida Turkiya, Polsha va Bangladesh davlatlarining yetakchi hamda nufuzli universitetlaridan professor va olimlar Abu Rayxon Beruniy nomidgi Urganch Davlat Universiteti tuzilmasi ''Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga tashrif buyurishdi . Tashrif davomida kelgan mehmonlar muzeyning tarixi ,4-oktabr qatagon qurbonlari, jumladan , Xudoybergan Devonov, Nazir Sholikorov,Qurbon Beregin , Vois Rahimiy ,Devonov Yoqub Yusupovich,Rahmatullayev Atanjon, Karimberdi Boltoyevlar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashrif so'nggida professorlar jamosi Qatağon qurbonlari muzeyining ishchilari va hamma masul jamoasi juda foydali va kerakli ma'lumotlarni taqdim etganliklaridan minnatdorlik izhor etdilar.