Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetining mediastudiyasi haqida


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Axborot xizmati bo‘limi qoshida tashkil etilgan zamonaviy mediastudiya bugungi kunda to‘liq texnologik jihozlar bilan ta’minlangan holda samarali faoliyat olib bormoqda.

Mazkur mediastudiya professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning media savodxonligi va kontent yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirishga keng imkoniyat yaratadi. Studiya zamonaviy videokameralar, professional yorug‘lik tizimi, audio uskunalar, montaj uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotlar bilan jihozlangan.

Ayni paytda mediastudiya orqali universitet hayotiga oid videoreportajlar, intervyular, o‘quv-uslubiy videodarslar, ijtimoiy-foydali roliklar hamda turli media mahsulotlar muntazam ishlab borilmoqda. Bu esa nafaqat universitet axborot siyosatini kuchaytirish, balki yoshlarning ijodiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ulashish