Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Anadolu universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi


1-dekabr kuni Turkiya davlatining Anadolu universiteti va Nejmiddin Erbakan universiteti vakillari — rektor yordamchisi Ecevit Öksüz, Sirtqi ta’lim va xalqaro hamkorlik departamenti direktori Salih Gümüş, shuningdek, o‘qituvchi Birol Mercanlar Xorazm viloyatiga tashrif doirasida Urganch davlat universitetida boʻldilar.

Tashrif doirasida universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov boshchiligida oliygoh rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida ikki oliygoh o‘rtasida ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Urganch davlat universiteti talabalari hamda pedagoglari uchun Anadolu universiteti tomonidan masofaviy turk tilini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Muloqot samimiy ruhda, o‘zaro manfaatli takliflar va kelajak rejalari bilan boy tarzda kechdi.

Uchrashuv yakunida Anadolu universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida yangi imkoniyatlar, qo‘shma tashabbuslar va keng ko‘lamli ilmiy loyihalar uchun mustahkam zamin yaratadi.

Ulashish