Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Texnika fakultetida “O‘z uyingni o‘zing saqla” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi


Yurtimizda 1–30 dekabr kunlari o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi” oyligi doirasida Urganch davlat universiteti Texnika fakultetida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari E.Ernazarov hamda bo‘lim inspektori A.Quchqarov ishtirok etib, yoshlarga yong‘in xavfsizligi masalalariga oid muhim ma’lumotlar taqdim etishdi.

“O‘z uyingni o‘zing saqla” mavzusidagi ushbu suhbat davomida xonadonlarda sodir bo‘layotgan ko‘plab yong‘inlarning sabablari, ularning oldini olish choralari, maishiy texnikadan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, elektr jihozlarini to‘g‘ri ulash va nazorat qilish kabi dolzarb masalalar tahlil etildi.

Yig‘ilishda Texnika fakulteti tyutori T.Jumaniyozov talabalarga kundalik hayotda ogohlik va mas’uliyat bilan yondashish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligini yana bir bor ta’kidladi. Yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbatda ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Xavfsizlik — bu har birimizning hushyorligimiz, e’tiborimiz va ongli harakatimizdir.

Ulashish