Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



XALQARO HAMKORLIK VA INNOVATSIYALAR YO'LIDAGI MUHIM TASHABBUSLAR


2025-yil 26-noyabrdan 11-dekabrgacha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov Amerika Qo‘shma Shtatlarida xizmat safarida bo‘ldi. Safar Kaliforniya davlat universiteti (Fullerton) taklifiga asosan amalga oshirildi.

Xizmat safari doirasida AQSH universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, investisiya va grantlarni jalb qilish, shuningdek sun’iy intellektni ta’lim va ilm-fanga joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish ko‘zda tutildi.

Safar davomida Los-Anjeles, Fullerton, Berkli va San-Fransisko shaharlarida joylashgan Kaliforniya universiteti, Kaliforniya davlat universiteti hamda Stanford universitetlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar samarali natijalar berdi.

Xususan, Fullerton shahridagi Kaliforniya davlat universiteti prorektorlari Amir Dabirian va Binod Tiwari bilan bo‘lgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra, STEM sohalari bo‘yicha umumiy qiymati 50 000 AQSH dollariga teng bo‘lgan o‘quv adabiyotlarini Urganch davlat universitetiga beg‘araz yetkazib berishga kelishildi. Shuningdek, AQSH professorlari tomonidan sun’iy intellektni o‘quv va ilmiy jarayonlarga joriy etish bo‘yicha bepul seminarlar o‘tkazilishi belgilandi.
Los-Anjeles shahrida esa Kaliforniya universiteti professorlari Mario Bonk va Guido Mantufar bilan hamkorlikda Urganch davlat universitetida sun’iy intellekt yo‘nalishida yozgi maktab tashkil etishga kelishildi.Berkli shahrida professorlar Shakhzod Takhirov va Svetlana Jitomirskaya bilan matematika, qurilish va zilzilabardoshlik sohalarida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Stanford universiteti professori Ciprian Manolescu bilan matematika va sun’iy intellekt sohalarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama qilindi.

“Agilent Technologies” kompaniyasi bilan bo‘lgan uchrashuv esa alohida ahamiyat kasb etdi. Kompaniya tomonidan umumiy qiymati 250 000 AQSH dollariga teng zamonaviy kimyoviy laboratoriya uskunalarini Urganch davlat universitetiga beg‘araz yetkazib berish va universitet qoshida zamonaviy laboratoriya tashkil etishga ko‘maklashishga kelishildi.
Ushbu xizmat safari Urganch davlat universiteti uchun xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi. Ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va innovasion infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladigan mazkur kelishuvlar universitetning jahon ta’lim makonidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.  

Ulashish