Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi


17-dekabr — buyuk tafakkur egasi, ulkan shoir, hassos tarixchi, zabardast tarjimon va davlat arbobi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavallud topganiga 216 yil to‘ldi. Ogahiy Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p va eng salmoqli nazmiy hamda nasriy asarlar yaratgan ijodkorlardan biri bo‘lib, turkiy tarjimonlik maktabining yetuk namoyandasi sanaladi. Zahiriddin Muhammad Bobur ta’biri bilan aytganda, u “eng ko‘p va eng xo‘b” ijod qilgan adibdir.

Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining final bosqichi mumtoz shoir Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy siymosiga bag‘ishlandi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Tanlovda fakultetning 5 nafar talabasi ikki shart asosida o‘zaro bellashdi. Tadbirning badiiy qismida 235-guruh O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan chiqishlar namoyish etildi. Ulug‘ adib Ogahiy hayoti va ijodini tarannum etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar hamda sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

“She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining final bosqichining ikkinchi qismi Rus tili ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Unda rus tili ta’lim yo‘nalishining 4 nafar talabasi ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi Rahimova Iroda hamda Rus tili ta’lim yo‘nalishi talabasi Ibodullayeva Guli mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
 
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda tanlovda faol ishtirok etgan talabalarni fakultet dekani, professor D.G‘ayipov samimiy tabriklab, tashakkurnoma, pul mukofoti vaucheri, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.

Ulashish