Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Texnikum o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminar-treninglari davom etmoqda


Xabaringiz bor, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tashabbusi bilan viloyatimizdagi texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar o'tkazilmoqda.

Bugun seminarlar boshlanishidan oldin oliygoh rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov seminar ishtirokchilari bilan uchrashib, ularni seminar jarayonida faol ishtirok etish, yangi bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, o‘z kasbiy malakalarini yanada rivojlantirishga intilishga chaqirdi.

Seminar mashg‘ulotlari Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining katta o‘qituvchisi S.Atajanova tomonidan olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchilar zamonaviy dars metodikalari, interaktiv pedagogik texnologiyalar va amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar bilan tanishib, o‘z malakalarini oshirmoqda.

Ulashish