Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yangi kafedra mudiri saylandi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Amaliy matematika va matematik fizika kafedrasida kafedra majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda universitet rektori, Fizika-matematika fakulteti dekani, sobiq kafedra mudiri hamda kafedraning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Majlis davomida rektor, Fizika-matematika fakulteti dekani va avval faoliyat olib borgan kafedra mudiri so‘zga chiqib, kafedraning kelgusidagi ustuvor vazifalari va rivojlanish yo‘nalishlari haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, sobiq kafedra mudiriga ko‘p yillik samarali faoliyati uchun minnatdorchilik va tashakkur bildirilib, yangi kafedra mudiriga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.

Kafedra majlisi yakuniga ko‘ra, Amaliy matematika va matematik fizika kafedrasi mudiri etib Ro‘zmetov Murod saylandi.

 

Ulashish