Close
Skip to main content


“Loyihalash dasturlarini o‘rgatishda klavishlar birikmasidan foydalanish texnologiyasi”


2026-yil 6-yanvar kuni “Elektrotexnika va energetika” kafedrasida Texnika va muhandislik yo‘nalishlari talabalari uchun kafedra seminari tashkil etildi. Mazkur seminarni kafedraning katta o‘qituvchisi R.R. Raximov “Kompyuterda loyihalash” fanidan “Loyihalash dasturlarini o‘rgatishda klavishlar birikmasidan foydalanish texnologiyasi” mavzusida olib bordi. Seminar davomida kompyuterda loyihalash jarayonlarini samarali tashkil etishda klavishlar birikmalaridan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati atroflicha yoritildi. Xususan, loyihalash dasturlarida tezkorlikni oshirish, foydalanuvchi vaqtini tejash hamda amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini kuchaytirishda klaviatura buyruqlarining o‘rni misollar asosida tushuntirib berildi. Shuningdek, zamonaviy AutoCAD, NX, 3DMAX, KOMPAS, SolidWorks dasturlarida qo‘llaniladigan asosiy va qo‘shimcha klavishlar kombinatsiyalaridan foydalanish texnologiyasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar interaktiv shaklda tashkil etilib, unda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Tadbir yakunida mazkur mavzuning o‘quv jarayonidagi dolzarbligi va kelgusida mutaxassislarni tayyorlashda ahamiyati yuqori ekanligi ta’kidlandi. mana shu matnni ruschaga tarjima qil

Ulashish