Seminarda “Roman–german filologiyasi” kafedrasi o'qituvchisi Sobirov Usmon Sotiboldiyevichning " Chet tili darslarida gapirish ko'nikmasini rivojlantiruvchi mashqlar” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
Ma’ruzada gapirish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan mashqlarning turlari, ularning dars jarayonidagi o‘rni hamda talabalarning nutqiy faolligini oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Dialog va monolog mashqlari, juftlik va guruhli ishlash, rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar asosida nutqiy mashqlar, savol-javoblar hamda erkin suhbatlar orqali talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish imkoniyatlari yoritib berildi.
Kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar qizg'in tarzda o'tdi.