Seminarda “Roman–german filologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ibragimova Zamira Atanazarovnaning “ Sun'iy intellektdan nemis tili darslarida foydalanish ” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
Ma’ruzada zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, xususan, nemis tilini o‘qitishda raqamli platformalar, AI asosidagi mobil ilovalar, interaktiv mashqlar va avtomatik tahlil vositalaridan foydalanish masalalari atroflicha yoritib berildi.
Seminar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ilmiy-uslubiy seminar savol-javoblar hamda qizg‘in bahs-munozaralar bilan yakunlandi.