Bakalavriat bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyalari bo’lib o’tmoqda
Ayni kunlarda Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ham bakalavriat bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyalari o'tkazilmoqda. Jarayonlar ochiq va shaffofligini ta’minlash maqsadida ochiq ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari orqali nazorat qilib borilmoqda.
Imtihonlar belgilangan tartibda, qatʼiy nazorat ostida o‘tmoqda. Bu esa shaffoflik va adolatni ta’minlashga xizmat qiladi.



