Bog‘ot tumanida joylashgan mahalla fuqarolar yig’inlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlarda ishchi guruh a’zolari sifatida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari - siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sh.Yaxshibayev, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) R.Arziyevlar ishtirok etmoqda.
Uchrashuvlarda Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, islohotlarning mazmuni va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ahamiyati haqida so‘z yuritilmoqda.
Tadbirlar yakunida aholi tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, islohotlarning joylardagi ijrosi bo‘yicha taklif va fikrlar tinglanmoqda.

.jpg)
.jpg)
