Seminarda kafedra professor-oʻqituvchilari va magistrantlar ishtirok etdi.
Kafedra stajyor-o'qituvchisi Babaniyazova Oydin"XX asr modernizmida Hermann Hesse ijodi" mavzusida ma'ruza qildi.
Seminarda XX asr Yevropa modernizmining yirik vakili Hermann Hesse ijodining badiiy-falsafiy xususiyatlari muhokama qilindi. Ma’ruzada yozuvchining shaxsiylik, ruhiy izlanish, individ va jamiyat munosabatlariga oid qarashlari hamda Sharq va G‘arb madaniyatini uyg‘unlashtirgan estetik konsepsiyasi yoritildi.
Seminar davomida Hesse asarlarining ramziy va psixologik talqini, ularning bugungi adabiy jarayondagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.