“KORRUPSIYASIZ HAYOT — YORQIN KELAJAGIMIZ MEZONI” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
Bugun, 17-noyabr kuni Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida tyutor G‘.Aqbayev tashabbusi bilan “Korrupsiyasiz hayot — yorqin kelajagimiz mezoni” mavzusida navbatdagi ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda fakultetning 242-243 – Biologiya, 241 – Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, 241 – O‘simlik himoyasi va karantini, 241 – Biologiya (rus tili) hamda 241 – Ekologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova tomonidan korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uni oldini olishda yoshlarning faolligi hamda halollik va adolat tamoyillarining ustuvorligi haqida fikrlar bildirildi. Talabalar bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan suhbat ularda korrupsiyaga qarshi kurashning nafaqat davlat siyosati, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchi ekanligi haqidagi tushunchani mustahkamladi.



