Close
Skip to main content


Davra suhbati


Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!

✔️ Bugun Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X. Shixova talabalar bilan uchrashib, suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida talabalar korrupsiyaning jamiyat rivojiga ta’siri, uning oldini olishdagi zamonaviy mexanizmlar va komplayens-nazorat tizimining ahamiyati haqida ma’lumot oldi. Tadbirning maqsadi – talabalarda korrupsiyaga qarshi ongni rivojlantirish, halol va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish madaniyatini shakllantirishdir.

Ulashish