Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartiblariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi


Bugun, 27-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan Xorazm viloyatidagi barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirokida ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartiblariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi bosh eksperti R.Ro‘zmetov tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarini baholash mezonlari, akkreditatsiya jarayonining huquqiy asoslari, ariza berish muddatlari, talab etiladigan hujjatlar,ichki va tashqi baholash tartiblari, shuningdek, ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Taqdimot jarayonida oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholashda e’tibor qaratiladigan asosiy ko‘rsatkichlar, hujjatlar bilan ishlash tartibi hamda sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Ulashish